Pentagon Ukrainaga qiruvchi samolyotlar berishdan bosh tortganini tushuntirdi

1 daqiqa o'qish906
Pentagon Ukrainaga qiruvchi samolyotlar berishdan bosh tortganini tushuntirdi
Pentagon Ukrainaga qiruvchi samolyotlar berishdan bosh tortganini tushuntirdi
Foto: Reuters
Ukraina osmonda nazoratni tezda qo‘lga kiritish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlariga muhtoj va G‘arb qiruvchilarini topshirish juda uzoq jarayon, dedi general Mark Milli.
 
G‘arb qiruvchilarini Ukrainaga berish Qo‘shma Shtatlarning ustuvor maqsadi emas, chunki osmonda harbiy nazorat havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan samaraliroq va tezroq amalga oshiriladi, dedi AQSH armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli 21 aprel, juma kuni Ramshtayn aloqa guruhining yig‘ilishidan keyin.
 
Ukrainaga Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish haqidagi savolga javob berar ekan, Milli harbiy nuqtayi nazardan Kiyevning hozirgi vaziyatdagi asosiy vazifasi osmonni nazorat qilish ekanligini ta’kidladi. "Bu maqsadga turli yo‘llar bilan erishish mumkin. Ukraina uchun eng tez va tejamkor yo‘l havo hujumidan mudofaa tizimlaridir", deb tushuntirdi Milli.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, urush davomida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya samolyotlarini muvaffaqiyatli to‘xtata oldi, shu sababli Rossiya kuchlari asosan o‘z hududidan raketalar bilan zarba beradi. "Nega bunday bo‘lmoqda? Chunki ukrainaliklar Rossiya samolyotlarini urib tushirmoqda. Ruslar ukrainaliklar havo hujumidan mudofaa vositalaridan muvaffaqiyatli foydalangani uchun ehtiyotkor", - deya xulosa qildi Milli.
 
Bundan tashqari, deya davom etdi general, Ukraina aviatsiyasini Rossiya bilan taqqoslanadigan darajaga olib chiqish "ko‘p sonli mamlakatlardan jiddiy sa’y-harakatlarni talab qiladigan" vazifadir. "Bunday qarorlar kelajakda qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi mumkin. Lekin hozirda asosiy ehtiyoj - havo hujumidan mudofaa", - deya xulosa qildi Milli va ittifoqchilar konferensiyaning butun kunini ushbu masalani muhokama qilishga bag‘ishlaganini ta’kidladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?