Foto: AP
Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi taxminan bir oydan keyin boshlanishi mumkinligini aytdi.
Chunki yomg‘irli ob-havo hozirda faol harbiy harakatlarga to‘sqinlik qilmoqda. Vazir bu fikrini Yestoniyaning ERR davlat teleradio portaliga bildirgan.
21 aprel kuni Estoniya Mudofaa vazirligi rahbari AQSHning Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi oldidagi to‘siq Amerika tanklari yoki Ukraina kutayotgan boshqa qurollarning yo‘qligi emas, aksincha, yomg‘irli ob-havodir, ushbu muammo og‘ir texnikaning harakatlanishini qiyinlashtiradi.
Vazir, shuningdek, Ukraina armiyasi havo hujumidan mudofaa tizimlariga, o‘q-dorilarga muhtojligini, ular uchun og‘ir yuk mashinalari va tirkamalarga alohida ehtiyoj borligini, Ukrainani G‘arb qiruvchilari bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar