![Xitoy elchisining bayonoti keskin norozilikka sabab bo‘ldi](/uploads/posts/2023-04/920__95_898549325.jpg)
Boltiqbo‘yi davlatlari Xitoy elchisining bayonotiga keskin norozilik bildirdilar. Jumladan, Latviya, Litva va Estoniya Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lyu Shayening bayonotidan so‘ng o‘z mamlakatlaridagi Xitoy diplomatik vakillarini kelishilgan holda tushuntirish uchun chaqirishga qaror qildi, deb yozadi BNS agentligi.
«Xitoy vakillarini dushanba kuni chaqirish bo‘yicha kelishilgan qaror qabul qilindi», — deyiladi Litva Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shaye postsovet davlatlarining suverenitetini shubha ostiga olib u Qrimning asli rus hududi ekanligini aytgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar