21:56 / 30.04.2023
466

Ukrainaning qarshi hujumiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil aytildi

Foto: Britaniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ukraina keng ko‘lamli qarshi hujumga deyarli tayyor, ammo uning muvaffaqiyatiga uchta omil to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bahorgi qarshi hujumga tayyorgarlik deyarli yakunlandi. U amalga oshirilganda konfliktda burilish nuqtasiga aylanishi mumkin. Ammo ruslar murakkab mudofaani qurish uchun salkam olti oyga ega bo‘ldi. Qarshi tomonning mudofaasini yorib o‘tish katta sinov bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Rossiya armiyasi Ukraina janubida tankka qarshi zovurlar, to‘siqlar, minalangan maydonlar va xandaqlardan iborat mudofaa qurganini ko‘rish mumkin. Ukraina qo‘shinlari qandaydir tarzda bu to‘siqlarni aylanib o‘tishi yoki hujum tezligini yo‘qotmasdan to‘siqlardan o‘tishi kerak.

Zaporojyeda qazilgan xandaqlar / 4-mart
Foto: Maxar

Eng mustahkamlangan hududlar Zaporojye viloyatining janubi-sharqiy qismi va Qrimdir. Xususan, Pologi va Tokmak yo‘nalishlari yaxshi mustahkamlangan, bu Melitopol tomon harakatlanishni qiyinlashtirishi kerak.

Zaporojyedagi mudofaa xandaqlari 
Foto: Maxar

Bunday mudofaa faqat har bir sektorga tayinlangan kuchlar uchun yaxshi. Chunki bu o‘z-o‘zidan cheklangan to‘siqdir. Rossiya Ukraina janubiga ko‘proq bo‘linmalarni o‘tkazgani sababi shundadir”, — deya ta’kidlaydi nashr.

Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ikkinchi omil — kutilmagan omilning yo‘qligida. Xarkov viloyatidagi hujumdan farqli o‘laroq, bu safar Rossiya harbiylari Ukraina qurolli kuchlarining aynan janubdan hujumini kutmoqda.

Shu sababli, Ukraina kuchlari hujumning birinchi kunidayoq hal qiluvchi muvaffaqiyatga erishishi kerak.

Ukrainaning maqsadi Rossiya harbiy rahbariyatini falaj qilish va rossiyalik oddiy askarlarni vahima qo‘yish bo‘lishi kerak”, — deydi londonlik zamonaviy urushlar bo‘yicha mutaxassis Frans-Stefan Gadi.

U ideal ssenariy sifatida zirhli tank kuchlarning rus mudofaasi eshelonining zaif tomoniga kirib borishi va tezkor harakat qilishida deb biladi.

Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi natijasiga ta’sir qiladigan uchinchi omil — Rossiya armiyasining havodagi ustunligi.

Muvaffaqiyatli mudofaaning atributlaridan biri bu qarshi hujumga o‘tish, dushmanni muvozanatdan chiqarish va uni o‘zi xohlagan joyga qo‘shin yuborishga majbur qilishdir. Ruslarning buni samarali bajarish qobiliyati shubhali. Ammo Rossiya kuchlari havoda aniq ustunlikni saqlab qoladi va bu Ukraina armiyasining harakatlanishini sekinlashtirishi mumkin”,  — deyiladi xabarda.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaning qarshi hujumiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil aytildi