00:38 / 01.05.2023
372

Eron oliy rahnamosi: “Irog‘ga bir nafar amerikalik ham ko‘plik qiladi”

Eron oliy rahnamosi: “Irog‘ga bir nafar amerikalik ham ko‘plik qiladi”
Foto: Getty Images
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Iroq prezidenti Abdul Latif Rashidga “Iroqda bir nafar amerikalikning bo‘lishi ham ko‘plik” qilishini aytdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
 
Tomonlar Abdul Latif Rashidning 2022 yil prezident etib saylanganidan keyin Eronga birinchi tashrifida uchrashdi. Rashid Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va parlament spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
 
Amerikaliklar Iroqning do‘sti emas. Amerikaliklar hech kim bilan do‘stlashmaydi va hatto o‘zlarining yevropalik do‘stlariga ham sodiq emas”, — degan Xomanaiy Iroq prezidentiga.
 
Oliy rahnamo AQSHni qo‘shni davlatdan chiqarib yuborishga urg‘u berish bilan birga, Eron Iroqning taraqqiyotini muhim deb bilishini ta’kidladi va o‘tgan oy imzolangan ikki tomonlama xavfsizlik va iqtisodiy kelishuvlar to‘liq amalga oshirilishi kerakligini aytdi.
 
Eron va Iroq o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga qarshi kuchli dushmanlar bor va agar ikki davlat o‘rtasida mustahkam tarixiy va e’tiqodga asoslangan aloqalar bo‘lmaganida, ehtimol munosabatlar Saddam Husayn davriga qaytardi”, — degan u.
 
Rashidning aytishicha, uning hukumati Eron bilan aloqalarni chuqurlashtirishga harakat qiladi va kelishmovchiliklarni bartaraf etishni xohlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron oliy rahnamosi: “Irog‘ga bir nafar amerikalik ham ko‘plik qiladi”