Vengriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yaxshilikni bilmaslikda aybladi.
Avvalroq Zelenskiy Vengriyani Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda ayblab, NATO mamlakati “Ukrainaga alyansga qo‘shilishi kerakmi yoki yo‘qligini maslahat berishi shart emasligini aytgandi”, chunki unda uni ittifoqchi deb atash qiyin.
“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya xulq-atvori NATOga a’zo mamlakat uchun mos kelmaydi. Nima ham derdik, baxtga ko‘ra, buni u hal qilmaydi”, - deya yozdi Siyyarto o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Shuningdek, siyosatchi vengr xalqi Ukrainadagi mojaro uchun o‘ta yuqori badal to‘laganini eslatdi.
“Agar bu “Bir milliondan ziyod ukrainalik qochoqlarni qabul qilgani va ular haqida qayg‘urgani uchun vengrlarga hurmat bilan minnatdorchilik bildiraman, doimiy ko‘rsatilayotgan yordam uchun hurmat bilan minnatdorchilik bildiraman” degan bayonotni anglatsa, bundan buyog‘iga ham bizdan umid qilishingiz mumkin”, - deya yozdi Vengriya TIV rahbari.
Avvalroq Siyyarto Karpatortidagi vengrlar haq-huquqlari tiklanmaguncha, Budapesht Ukrainaning NATO va YEI tomon qilgan biror bir jiddiy xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar