date
views 347

Rossiyada biznes vakillaridan urush hududiga odam yuborish so‘ralmoqda

Rossiyada biznes vakillaridan urush hududiga odam yuborish so‘ralmoqda
Foto: Kommersant’
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati shartnomaviy harbiy xizmatni ommalashtirish uchun korxonalardan yordam so‘ramoqda. Vazifa - Ukrainadagi urushga qisman safarbarlik paytida chaqirilganidan bir yarim baravar ko‘proq odam yuborish. Korxonalar bo‘yicha - har biridan 5 kishi. Yordam bermagan rahbarlar bilan «jiddiy suhbat» o‘tkaziladi.
 
«Fontanka» nashrining qayd qilishicha, 4 may kuni Viborgskiy tumani ma’muriyatida yirik korxonalar vakillari, ma’muriyat va shahar harbiy qo‘mitasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.
 
Tuman rahbari Viktor Polunin shahar ma’muriyatiga shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga odamlarni jalb qilish vazifasi yuklatilganini, buni biznes yordamisiz bajara olmasligini aytgan.
 
Uning yordamchisi Vasiliy Sajnov shahar va hukumat shartnomaviy harbiy xizmatni ommalashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotgani, korxonalarda ham bunday ommalashtirishni amalga oshirish kerakligini, chunki boshqa iloji yo‘qligini hamma juda yaxshi tushunishini ta’kidlagan.
 
Viborgskiy tumani harbiy qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bajimov bu nima uchun kerakligi haqida gapirib: «G‘arbiy Yevropa Rossiya ustidan qandaydir tushunarsiz, xayoliy g‘alabaga erishish uchun qancha kuch va vositalarni tashlaganini tasavvur qiling», degan. Shuningdek, gubernator tomonidan qo‘yilgan vazifa bajarilishi kerakligini ta’kidlagan.
 
Ma’muriyat vakillari biznesdan qanday yordam kutayotganini ham gapirib bergan.
 
«Hozirda bunday ishlar olib borilayotgani (shartnomaviy harbiy xizmatga jalb qilish) haqida qulay shaklda ma’lumot berish. Ariza beruvchilar korxona xodimi bo‘lishi shartmas. Masalan, bunga qiziqish bildiradigan tanishlar, do‘stlar, qarindoshlar bo‘lishi ham mumkin», deb tushuntirgan Sajnov.
 
Bundan tashqari, shartnomalar nafaqat Sankt-Peterburg aholisi va hatto Rossiya fuqarolari tomonidan ham, balki chet elliklar tomonidan ham tuzilishi mumkin, deb eslatgan u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada biznes vakillaridan urush hududiga odam yuborish so‘ralmoqda