![Ukrainaning qarshi hujumi yaqin vaqt ichida boshlanishi mumkin](/uploads/posts/2023-05/hhped8pjo2vprqkawwosdefkcxq4eabq.jpg)
Foto: Getty Images
Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismida front chizig‘iga yaqin joylashgan aholi yashash manzillaridagi aholining bir qismi «ko‘chirilishi» haqida e’lon qilindi.
Ukraina qurolli kuchlari yaqin kunlar yoki soatlar ichida Zaporojjya oblastida qarshi hujumini boshlashi mumkin. Bu haqda regionning anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Yevgeniy Balitskiy «Solovev Live» efirida ma’lum qildi.
Yevgeniy Balitskiy front chizig‘iga yaqin joylashgan hududlar aholisining bir qismi ko‘chirilishi boshlanishini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va ota-onalari, keksa yoshli kishilar va nogironligi bor kishilarni «dushman olovidan asrash»ga qaror qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda raqib tomon harbiy tutashuv chizig‘iga yaqin joylashgan aholi yashash punktlarini o‘qqa tutishni kuchaytirgan.
Quyidagi 18 ta aholi yashash manzillari aholisini «ko‘chirish» ko‘zda tutilgan: Timoshovka, Smirnovo, Tarasovka, Orlyanskoye, Molochansk, Kuybishevo, Prishib, Tokmak, Malaya Belozerka, Vasilevka, Velikaya Belozerka, Dniprorudnoye, Mixaylovka, Kamenka-Dniprovskaya, Energodar, Pologi, Konskiye Razdori, Rozovka.
![](/uploads/posts/2023-05/egdy-p9cnkqkqukm5emofpuwclpo8oh4.jpg)
«Biz odamlarning xavfsizligi bilan tavakkal qila olmaymiz va uyushgan holda ketish uchun vositalar, bir martalik to‘lovlar, joy va yegulik bilan ta’minlaymiz. Vaqtincha joylar region ichida bo‘ladi», — degan Balitskiy.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholini Berdyansk shahriga joylashtirish rejalashtirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar