
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvadagi «G‘alaba paradi»dan ko‘p o‘tmay Minskka qaytdi.
«Nasha Niva» nashriga ko‘ra, u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Moskvani muddatidan avval tark etgan bo‘lishi mumkin.
Lukashenko paradga taklif etilgan davlat rahbarlari orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga «Noma’lum askar» qabriga gul qo‘yishga bormagan yagona shaxs bo‘ldi. Xavfsizlik xizmati xodimlari uni o‘sha yerga elektromobilda olib borishdi.
«Nasha Niva»ning qayd etishicha, parad paytida Lukashenkoning qo‘lida bog‘ich ko‘rinib qolgan. Ukraina telegram-kanallari bu kateterning bog‘ichi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Bundan tashqari, Lukashenko Moskvaga tashrif buyurgan davlat rahbarlarining norasmiy nonushtasida ham ko‘rinmadi. Rossiya ham, Belarus ham Lukashenkoning tadbirga bormaganiga rasman izoh bermadi.
Belaruslik siyosatshunos Dmitriy Bolkunes «Lukashenko sog‘lig‘i sababli ovqatlanishga kela olmagani va Moskvani tark etgani» haqida yozdi. Siyosatshunosga ko‘ra, Lukashenko aeroportga tez yordam mashinasida olib borilgan.
Moskvadagi G‘alaba bayrami sharafiga o‘tkazilgan paradda Lukashenkodan tashqari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar