09:46 / 11.05.2023
948

Agar Erdo‘g‘an ketsa... Turkiyani nimalar kutadi?

Agar Erdo‘g‘an ketsa... Turkiyani nimalar kutadi?

Prezident Erdo‘g‘an saylovlarda mag‘lub bo‘lib, uning tizimi yo‘qotilsa, ortidan kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar:
● Turkiyaning dushman G‘arb yetoviga qaytishi, moliyaviy, ta’limiy, siyosiy va harbiy mustaqillikni yo‘qotilishi mumkin.
● Turk iqtisodiyoti vaqt o‘tishi bilan inqirozga uchrashi va turklar qarshi kurashib kelayotgan foiz stavkasining oshishi ehtimolga yaqin.
● Mamlakat neft va boshqa tabiiy resurslaridan foydalanishga imkon topa olmasdan, Turkiya yirik davlatlar “sadaqa”siga zor  mamlakat bo‘lib qoladi.
● Urush ofatlari va adolatsizliklaridan qochib, Turkiyadan boshpana topgan millionlab qochqinlarni haydab chiqarish, o‘limga hukm qilish va qamog‘ga tashlash boshlanadi.
● Millionlab odamlar ishsiz qoladi, ayni paytda, turk fabrika va kompaniyalari ishchi kuchiga muhtoj bo‘ladi.
● Turk-musulmon seriallarini mamlakatni islomiylashtirishda ayblab, cheklash yoki tugatish boshlanadi.
● Hamjinsbozlik va ularning huquqlarini himoya qilishga chaqirish, ularni hatto biron bir tarzda tanqid qilish imkoniyati qonun yo‘li bilan taqiqlanishi mumkin. 
● Maktab va universitet talabalari, ayniqsa, diniy o‘quv yurtlari talabalari (chet elliklar) o‘z huquqlaridan mahrum bo‘lishadi, ular deportatsiya qilinadi yoki muxolifatning irqchiligiga duch kelishadi.
● Muxolifat hukmron bo‘lib, yana hijobga qarshi harakatlar boshlanadi, xalq yana zulmga uchraydi.
● Migratsiyaning ko‘p qismi G‘arbga ketadi, ko‘pchilik uni ilojsizlikdan tanlaydi, buning oqibati diniy hayot va bolalar tarbiyasiga zarar yetadi.
● Oilaning bo‘linishi, oila boquvchisining qaramog‘idagilarga munosib hayotni ta’minlash uchun ishlashga ketsa ham, G‘arb ta’siridan saqlash niyatida  bolalarini o‘z yurtida qoldiradi.
● Islomiy da’vatning ko‘p ishlari to‘xtaydi, haq himoyachilarining so‘zlari kesiladi.
● Turk tilini saqlab qolish bahonasida endi arab tili man qilinadi. Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz sunnatlari arab tilidaligi va shariatning birinchi manbasi ekanligini hisobga olsak, kelajakda dinda nuqson paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
● Barcha islomiy markazlar turli bahonalar bilan yopiladi, faqat hozirgi muxolifatga moyil  “islomchi”larga erkinlik beriladi.
● Musulmon oilasining qalbiga zarba berishga qaratilgan feministik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish boshlanadi.
● Turk xalqining boshqa musulmon xalqlardan ajralib, G‘arbga bo‘ysunishi talab etiladi.
● Mamlakatida ishlayotgan va diniga  amal qiladigan, siyosiy va iqtisodiy sohada o‘z fikriga ega  muhim shaxslar  deportatsiya qilinishi mumkin.
● Turklar, chet elliklar (asosan arablar) asos solgan ko‘p kompaniya va loyihalarning inqirozi yuz beradi.
● Kurdiston Ishchi partiyasi (RKK) sa’y-harakatlari bilan Turkiyaning vayron bo‘lishi va Erdo‘g‘an doim qarshi bo‘lgan kurdlarning o‘z buyuk davlatini yaratish istagi kuchayadi.
● Toyyib Erdo‘g‘an davrida zaiflashgan mafiya yana hokimiyatga aralashuvi kuchayishi mumkin.
● Ayollar huquqlarini yo‘qotishadi, chunki hozirgi muxolifat uchun ayollar tovardan boshqa narsa emas.  Ular ayollarga erkinlik emas, ularga yetishish erkinligini berishadi.
● Erdo‘g‘anning millionlab odamlarni dahshatli ochlikdan qutqargan tinchlik va g‘alla o‘tkazmalari bitimlarini qo‘llab-quvvatlash o‘rniga Amerikaning gij-gijlashi bilan,  Ukraina tomon bo‘lib, Rossiyaga qarshi urushiga qo‘shilish boshlanadi. 
● Turk qo‘shinlarini Liviyadan olib chiqib ketishga, saylangan hukumatni hokimiyatdan olib tashlashga harakat qilinadi.
● Turkiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketish ortidan mamlakatning bo‘linib ketishi, mintaqadagi manfaatlar va xavfsizlikka zarar keltiruvchi RKKni chegaralarni nazorat qilishni boshlashi ehtimolga yaqin.
● Turkiya Konstitutsiyasiga dushmanlarini qoniqtiruvchi, biroq musulmonlarga zarar keltiruvchi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
● Suriya inqilobi va Suriya xalqi manfaatlariga katta zarar yetkazadigan Asadning jinoiy rejimi bilan mustahkam aloqalar qayta jonlanishi mumkin.
● Erdo‘g‘an davri harbiy sanoatining eng muhim sohasi bo‘lgan turli uchuvchi qurilmalarni ishlab chiqarish Erdo‘g‘an qarindoshlarining kompaniyalarini yopish bahonasi bilan to‘xtatiladi.
 
Doktor Muhammad Akbarov
Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo