19:52 / 14.05.2023
411

Ukrainada urushning 444-kuni: Zaporijjyada qo‘llanayotgan qo‘lbola qurollar, Xarkiv metrosidagi turnir (foto)

Ukrainada urushning 444-kuni: Zaporijjyada qo‘llanayotgan qo‘lbola qurollar, Xarkiv metrosidagi turnir (foto)

Ukrainada urushning 444-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Kommersant» o‘z manbasiga tayanib, Bryansk oblastida ikkita Mi-8 vertolyoti va ikkita qiruvchi samolyot halokatga uchraganini xabar qildi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ularning deyarli barchasi bir vaqtning o‘zida urib tushirilgan. Baza kanaliga ko‘ra, jami to‘qqiz uchuvchi halok bo‘lgan.
  • RF mudofaa vazirligi Bryansk oblastidagi hodisalar bo‘yicha hech qanday izoh bermadi. Region gubernatori faqat bitta vertolyot halokatini rasman tasdiqlagan.
  • Anneksiya qilingan «LXR»da «otishmalar tufayli» mobil internet o‘chirib qo‘yilgan.
  • Germaniya Ukrainaga urush boshidan buyon eng yirik yordam paketini taqdim etadi — Der Spiegel nashri yozishicha, 2,7 milliard yevroni tashkil etadi.
  • Volodimir Zelenskiy Rimda Italiya prezidenti va bosh vaziri, shuningdek Rim papasi bilan uchrashdi.

Bryansk oblastida rossiyaliklarning vertolyotlari va samolyotlari halokati

13 may kuni Bryansk oblastida bir vaqtning o‘zida bir necha havo kemasi halokatga uchradi. Region gubernatori Aleksandr Bogomaz kamida bitta vertolyot halokatini tasdiqlagan. TASS agentligi aniqlik kiritishicha, gap Mi-8 vertolyoti haqida bormoqda, shuningdek Su-34 bombardimonchisi halokatga uchragani aytilgan.

Keyinroq OAVda va telegram-kanallarda shu kuni oblast hududida jami to‘rtta uchish apparati — ikkita vertolyot va ikkita samolyot qulagani aytildi (bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan). Mash manbasiga ko‘ra, ekipajning barcha a’zolari halok bo‘lgan. Vertolyotlar va samolyotlar halokati sabablari to‘g‘risida bir necha versiyalar ilgari surilmoqda — ko‘chma zenit raketalari bilan qurollangan diversantlardan tortib Ukraina aviatsiyasi zarbalarigacha.

Mi-8 vertolyoti halokati aks etgan kadrlar guvohlar tomonidan tasvirga olingan. Maxsus xizmatlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Havo kemasi qoldiqlari topilgan.
«Podslushano Klinsy» telegram-kanali
Bryansk oblasti Klinsi shahrida mahalliy aholi aviahalokat qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikka gullar keltirishmoqda.

Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblastining Konstantinovka shahri RF qurolli kuchlari tomonidan yoppasiga o‘qqa tutilishi davom etmoqda. 12 may kungi zarbalardan keyin bir kishi tan jarohati olib, o‘ttizga yaqin xususiy uylar, ikkita ko‘p qavatli turar joy binosi, ikkita gaz o‘tkazish quvuri va bitta do‘kon binosi shikastlangandi. 13 may kuni RF QK shaharni yana bir bor o‘qqa tutdi. Natijada, Ukraina bosh prokurori ofisi xabariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgan — 15 yoshli qiz va 63 yoshli kishi, shuningdek 10 kishi yaralangan. Shuningdek, fuqarolik infratuzilmalari shikastlangan: ko‘p qavatli uylar va xususiy sektordagi uylar, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi, dorixona binosi va bir necha do‘konlar. Ukraina tomoniga ko‘ra, shahar «Smerch» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan.

Konstantinovkada Rossiya zarbalari oqibatida yonib ketgan uy
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
RF qurolli kuchlarining yana bir xususiy turar joy binosiga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatlari
Ukraina bosh prokurori ofisi 
Raketa zarbasiga uchragan to‘rt qavatli uydagi vayrongarchiliklar
Ukraina bosh prokurori ofisi 

Zaporijjya oblastida Ukraina qurolli kuchlarining qo‘lbola texnikalari

Shushpanserlar deb qo‘lda yasalgan gibrid jangovar mashinalarga aytiladi — ukrainlar eskirgan qismlar va mashinalarni yaroqli holatga keltirish bilan ham shug‘ullanmoqda. Reuters agentligining quyidagi kadrlarida —  Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblastidagi frontda foydalanayotgan shushpanserlar aks etgan.

Ukraina QK harbiylari oddiy pikapga o‘rnatilgan raketa tizimi uchun snaryadlarni ombordan olib chiqishmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning Zaporijjya oblastidagi pozitsiyalariga «Grad-P» («Partizan») reaktiv qurilmasidan zarba berishga tayyorlanishmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK harbiylari rossiyaliklarning Zaporijjyadagi pozitsiyalariga pikap kuzoviga o‘rnatilgan qurilmadan raketa uchirmoqda
Reuters / Scanpix / LETA

Xarkivdagi metro stansiyasida boks musobaqasi

13 may kuni Xarkivda «Ukraina himoyachilari» metro stansiyasida «Xarkiv mudofaasi qahramonlari» nomi ostida boks turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Ukraina boks jamoasi a’zolari ringga ko‘tarildi. Bu mazkur shaharda 2022 yil fevralidan buyon tashkillashtirilgan eng yirik sport musobaqasi bo‘ldi.
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Leningrad oblastida gastronomiya festivali

Leningrad oblastining Novaya Ladoga shahrida har yili o‘tkaziladigan «Koryushka idet!» nomli, hisob bo‘yicha beshinchi gastronomiya festivali boshlandi. Bu safargi tadbirlar Leningrad qamali yorib o‘tilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan, ammo unda Ukrainadagi urush mavzusi ham chetlab o‘tilmadi — masalan, festival mehmonlari rossiyalik harbiy xizmatchilar uchun kamuflyaj to‘rlari to‘qishda ishtirok etishi mumkin.

Festival mehmonlari marosimning asosiy o‘ziga xosligi bo‘lgan koryushki balig‘ini tatib ko‘rishmoqda
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA
Festival mehmonlari RF qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun kamuflyaj to‘r to‘qishda qatnashmoqda
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA
Mahalliy harbiy-tarixiy klub maydoni, bu yerda Ikkinchi jahon urushi davriga mansub qurol yodgorlik sifatida o‘rnatilgan
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo