19:23 / 16.05.2023
154

Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar miqdorini oshiradi

Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar miqdorini oshiradi
Rossiya 2023/2024 o‘quv yilida Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalari uchun kvotalar sonini oshiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
 
«2023/2024 o‘quv yilida biz Qozog‘iston fuqarolarini o‘qitish uchun kvotani sezilarli darajada oshirmoqdamiz – 200 ta o‘rin, Qirg‘iziston – yana 200 ta, O‘zbekiston – plyus 50 ta va Tojikiston – plyus 152 ta o‘rin», dedi Galuzin.
 
Unga ko‘ra, Rossiyada hozirda Markaziy Osiyo davlatlaridan 185 mingga yaqin talaba ta’lim olmoqda, shundan 68 mingga yaqini Rossiya budjeti hisobidan.
 
Bundan tashqari, Galuzin yaqin kelajakda bir qator Markaziy Osiyo davlatlarida Rossiyaning yetakchi universitetlari filiallarini ochish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
 
«Qirg‘izistonda Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari: Moskva davlat universitetining filiallarini ochish rejalashtirilgan. Lomonosov nomidagi Qozon federal universiteti va Oliy Iqtisodiyot maktabi, O‘zbekistonda – Rossiya gumanitar universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti va Shimoliy Kavkaz federal universiteti», dedi vazir o‘rinbosari.
 
«Bularning barchasi Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan universitetlarimizning 25 ta filialiga mustahkam qo‘shimcha bo‘ladi», deb xulosa qildi Galuzin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo