![Ukraina razvedkasi Prigojinning 80 foiz gapi haqiqat ekanini ta’kidladi](/uploads/posts/2023-05/photo_2023-05-16_23-14-47.jpg)
“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning bayonotlari, aksariyat hollarda sof haqiqatdir. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i, general mayor Kirill Budanov ma’lumot berdi.
“Bu axborot-psixologik operatsiyasi emas. Eng yomoni, Prigojinning aytganlari ko‘p hollarda haqiqat. Ayrim gaplar borki, ularni yolg‘on deb ham aytmayman, lekin ikki xil idrok qilinadi. Biroq 'Vagner' asoschisi aytgan gaplarning 80 foizi umuman sof haqiqat”, — dedi Budanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi fonida “vagnerchilar” o‘zlarining maksimal samaradorligini ko‘rsatdi, ammo shu sababli konflikt avj oldi.
”Prigojinning hozirda snaryadlar va qo‘llab-quvvatlash yo‘qligi haqida aytganlari ma’lum darajada hasaddan kelib chiqadi. Biroq Rossiya harbiy rahbariyatini aks ettiruvchi Shoygu, Gerasimov va boshqacha fikrda bo‘lgan generallar ham bor. Ammo ularning jamoasi bu bo‘linmalarning barchasini jismonan 'yo‘q qilish' uchun hamma narsani qilmoqda”, — dedi Budanov.
U jangovar harakatlarning samaradorligi jihatidan Rossiyada “Vagner” kampaniyasi bilan hech kimni solishtirib bo‘lmasligini aytdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar