date
views 441

Ramzan Qodirov xorijiy maxsus xizmatlar unga qarshi terakt tayyorlayotganini aytdi

Ramzan Qodirov xorijiy maxsus xizmatlar unga qarshi terakt tayyorlayotganini aytdi
Foto: grozny.tv
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yevropa, G‘arb va Ukraina razvedka xizmatlari Rossiya davlatchiligini saqlab qolish masalasidagi faol pozitsiyasi tufayli unga qarshi teraktlar tayyorlayotganini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
 
Ular Rossiyani vayron qilishlariga halaqit bermoqdaman, shu uchun mendan qutulish maqsadida hamma narsa qilishmoqda. Biz Yevropa va G‘arb razvedka xizmatlari, Ukraina maxsus xizmatlari menga qarshi teraktlar tayyorlayotgani haqida ma’lumotlarga egamiz”,  dedi Checheniston rahbari.
 
Shuningdek, u Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovning “ruslarni butun dunyo bo‘ylab o‘ldirishga” tayyorligi haqidagi bayonotiga ham izoh berdi.
 
Budanov umrbod qamoqda o‘tiradi yoki o‘q yeb o‘ladi, chunki rus xalqining o‘z himoyachilari bor”, — deya qo‘shimcha qildi Qodirov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov xorijiy maxsus xizmatlar unga qarshi terakt tayyorlayotganini aytdi