
Foto: Sputnik / Ilya Pitalev
22 may kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvaga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokara o‘tkazdi.
Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik, ittifoqchilik va ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq barcha masalalarni, jumladan, uning siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-humanitar komponentlarni muhokama qildi.
Tomonlar, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi davlatlararo aloqalar jadvalini ham tasdiqladilar.
«Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilar ekan, Lavrov Ukrainadagi mavjud vaziyat va maxsus harbiy operatsiyaning borishini Rossiya tomonidan baholadi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Afg‘onistondagi vaziyat, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi. BMT va YEXHT platformasida mavjud xalqaro vaziyatga bog‘liq bo‘lmasligi kerak bo‘lgan o‘zaro hamkorlik muhimligi qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar