date
views 345

Rossiya nostrategik yadro qurollarini Belarusga ko‘chirishni boshladi

Rossiya nostrategik yadro qurollarini Belarusga ko‘chirishni boshladi
Foto: Getty Images
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya nostrategik yadro qurollarini mamlakatda tayyorlangan omborlarga ko‘chirishni boshlaganini aytdi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, 25 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga «Belarusda yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha harakatlar to‘g‘risida»gi farmon imzolangani haqida ma’lum qilgan.
 
«Oldin aytilgan gaplar asosida qaror qabul qilindi. Biz [qurollarni] saqlash joylarini va boshqa narsalarni tayyorlashimiz kerak edi. Biz buni qildik, shuning uchun yadro qurollari harakati allaqachon boshlandi», dedi Belarus prezidenti.
 
Vladimir Putin 25 mart kuni Belarusda nostrategik yadroviy qurollarni joylashtirish qarorini e’lon qildi. 25 may kuni Rossiya va Belarus mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Viktor Xrenin bunday qurollarni Belarusdagi maxsus omborlarda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya nostrategik yadro qurollarini Belarusga ko‘chirishni boshladi