date
views 364

Gruziya nomini yana bir davlat Sakartveloga o‘zgartirmoqchi

Gruziya nomini yana bir davlat Sakartveloga o‘zgartirmoqchi
Ukraina Gruziya nomini rasman o‘zgartirmoqchi. Oliy Rada Gruziyani rasman Sakartvelo deb atashni taklif qilgan va tegishli qonun loyihasi juma kuni Ukraina parlamenti saytida e’lon qilingan.
 
«Qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun Ukrainada rasmiy darajada, rasmiy yozishmalar va muloqotlarda, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida Gruziya o‘rniga Sakartvelo rasmiy va tarixiy nomidan foydalanishni joriy etish taklif qilinmoqda. Shunga ko‘ra, gruzin xalqi (gruzinlar) ham kartvellar deb ataladi», – deyiladi hujjat loyihasi izohida.
 
Qonun loyihasi mualliflari bu Kiyev va Tbilisini yaqinlashtirishini aytmoqda. Shuningdek, mamlakat o‘zining «ruslashgan» nomidan ham xalos bo‘ladi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sakartvelo – «kartvellar mamlakati» deb tarjima qilinadi va gruziyaliklar o‘zlarini shunday atashlarini istaydilar. Ko‘pgina tillarda mamlakat nomining lotincha talaffuzdagi atamasi – Georgia kirib qolgan.
 
Ilk marta Gruziyani asl nomi – Sakartvelo deb rasmiy yuritishni boshlagan davlat Litva davlati bo‘lib, bu 2018 yil 3 maydan boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya nomini yana bir davlat Sakartveloga o‘zgartirmoqchi