AQShning Virjiniya shtatida bo‘lgan avariya natijasida 6 kishi halok bo‘ldi

AQShning Virjiniya shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Mahalliy politsiya ma’lum qilishicha, avariya natijasida o‘n kishi tan jarohati olgan. Ularning holati borasida boshqa ma’lumotlar berilmayapti.
Avariya AQShning butun sharqiy sohili bo‘yicha o‘tuvchi 95-raqamli avtoyo‘lda avtobus va yengil mashina ishtirokida hodisa ro‘y bergan. Dogde mikroavtobusi Toyota Samri bilan to‘qnashib ketgach, yo‘l chetib chiqib ketib, ag‘darilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing