Foto: AFP / VYACHESLAV OSELEDKO
Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputat Irisbek Otajonov o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi korrupsiya holatlari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar fuqarolarni o‘tkazish uchun pul undirmoqda.
«Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridan chegaradan o‘tish uchun 100, 200, 300 qirg‘iz so‘midan undirilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Xodimlar bilan tushuntirish ishlarini olib boring. Pul undirib, davlatni sharmanda qilishmasin», dedi Irisbek Otajonov.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida chegarachilar tomonidan pul undirish holatlari haqida avval ham ma’lum bo‘lgan, jumladan, Qirg‘izistonning «Do‘stlik» postida chegaradan o‘tishga ruxsat berish 50 ming o‘zbek so‘mdan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar