21:12 / 03.06.2023
166

Hindistonda ikkita yo‘lovchi va bitta yuk poezdi to‘qnashdi

Hindistonda ikkita yo‘lovchi va bitta yuk poezdi to‘qnashdi

The Hindu gazetasining xabariga ko‘ra, kecha mahalliy vaqt bilan soat 19.20 da Orissa shtatining Balasore tumanida, Bahanaga Bazar poezd stantsiyasi yaqinida 3 ta poezd ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisada 233 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 900 dan ortiq kishi tan jarohati olgan. Poezdlardan 2 tasi yo‘lovchi, uchinchisi yuk poezdi bo‘lgan.

Avariya qurbonlari soni ortishidan xavotir bildirilmoqda.

Temir yo‘l xodimlari halokatga uchragan yo‘lovchi poezdlari Coromandel Express va Yashwatpur-Howrah Ekspress kompaniyalariga tegishli ekanini aytishdi.

Rasmiylar jarohatlanganlarning 179 nafari kasalxonaga yotqizilganini, poezdda qolib ketgan 600 dan ortiq yo‘lovchini evakuatsiya qilish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shalimar vokzalidan yo‘lga chiqqan Coromandel Express yo‘lovchi poezdi Chennay markaziy temir yo‘l vokzaliga ketayotgan bo‘lgan.

Orissa shtatining yuqori lavozimli rasmiylaridan biri Pradep Jena o‘z bayonotida mintaqaga 115 tez yordam mashinasi, 50 avtobus, 45 mobil klinika va 1200 dan ortiq politsiya va qutqaruv guruhi jo‘natilganini bildirdi.

"Qon topshirgan barcha ko‘ngillilarga minnatdorchilik bildiraman. Qo‘shimcha kuch sifatida shifokorlar, tez yordam mashinalari va avtobuslarni jo‘natishga harakat qilmoqdamiz" dedi Pradep Jena va ularning e’tiborni qutqaruv faoliyatiga qaratganliklarini va voqea sabablari o‘rganilayotganligini qo‘shimcha qildi.

Hodisadan keyin ko‘plab poezd qatnovlari bekor qilingan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi esa o‘z tvitida voqea yuzasidan Temir yo‘llar vaziri bilan uchrashganini va avariyadan jabr ko‘rganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilganini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda ikkita yo‘lovchi va bitta yuk poezdi to‘qnashdi
ePN