18:12 / 04.06.2023
674

Belgradda hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda

Belgradda hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda
Serbiya poytaxtida ketma-ket beshinchi hafta hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda. Bunga may oyi boshida bo‘lib o‘tgan ommaviy otishma holatlari sabab bo‘lgan.
 
Belgraddagi namoyishda minglab odamlar ishtirok etdi. Namoyishchilar zo‘ravonlikka qarshi norozilik bildirishdi. Ular prezident Aleksandr Vuchich, ichki ishlar vaziri Bratislav Gashich va Xavfsizlik va axborot agentligi rahbari Aleksandr Vulinning iste’foga chiqishini, shuningdek, hukumatparast tabloidlar va telekanallarning yopishni talab qilishmoqda.
 
Namoyishchilar Serbiya poytaxtining markaziy ko‘chalari bo‘ylab prezident ma’muriyati binosigacha borishdi.
 
Namoyishlar fojiali voqealardan bir oy o‘tib bo‘lib o‘tmoqda. 3 may kuni o‘smir yigit Belgrad maktablaridan birida o‘t ochdi. Bir kun o‘tgach, boshqa bir yigit Mladenovas munitsipaliteti yaqinida ko‘chada ketayotgan odamlarni otib tashladi. Oqibatda jami 18 nafar inson halok bo‘ldi.
 
Namoyishchilar Vuchichni barcha davlat muassasalari ustidan nazoratni noqonuniy egallab olganlikda ayblamoqda. Prezident buni rad etib, muxolifat uni kuch bilan ag‘darmoqchi ekanini aytyapti. Vuchich namoyishlarni “siyosiy nayrang” deb atadi.
 
Prezident iste’foga chiqishini rad etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgradda hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda
ePN