14:46 / 05.06.2023
184

Hindistondagi temiryo‘l halokatiga signalizatsiya tizimidagi nuqson sabab bo‘lgani aytildi

Hindistondagi temiryo‘l halokatiga signalizatsiya tizimidagi nuqson sabab bo‘lgani aytildi
Foto: Reuters
Hindiston hukumatiga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar halokatiga elektron signalizatsiya tizimining nosozligi sabab bo‘lgan. Hindiston temiryo‘l transporti vaziri Ashvini Vayshnav 4 iyun, yakshanba kuni tergov jarayonini izohlar ekan, ikki kun avval sodir bo‘lgan fojianing bu sababini batafsil tafsilotlarni keltirmasdan aytdi. “Biz hodisa sabablarini va aybdorlarni aniqladik”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan ANI agentligi.
 
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha tafsilotlar tergov bo‘yicha yakuniy hisobot e’lon qilinganidan keyingina ma’lum bo‘ladi.
 
2 iyun oqshomida Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu Hindistonda so‘nggi 20 yildagi eng yirik temiryo‘l halokatidir. Mamlakat hukumatining rasmiy bayonotida aytilishicha, Kalkuttadan Chennayga ketayotgan tezyurar "Koromandel ekspress" poyezdi Balasor shahri yaqinida relsdan chiqib ketgan. Xuddi shu hududda SMVB-HWH Superfast Express G‘arbiy Bengaliyaga ketayotganda relsdan chiqib ketdi.
 
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u temiryo‘l transporti vaziri Ashvini Vayshnav bilan ham suhbatlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistondagi temiryo‘l halokatiga signalizatsiya tizimidagi nuqson sabab bo‘lgani aytildi
ePN