20:26 / 06.06.2023
537

Shoygu Ukraina uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlaganini aytdi

Shoygu Ukraina uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlaganini aytdi
Foto: “TV Sentr”
Ukraina Qurolli kuchlari uch kun ichida Kiyev uzoq vaqtdan beri va’da qilgan hujumni boshladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
 
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari ham inson resurslarida, ham texnikada yo‘qotishlarga duch keldi.
 
4 iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlarining 23 va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalari qo‘shinlari birdaniga besh yo‘nalishda hujum uyushtirishga urindi. Ular muvaffaqiyatga erisha olmadi. 300 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 16 ta tank, 26 ta zirhli texnika, 14 ta avtomobil yo‘q qilindi”, —  dedi Rossiya mudofaa vaziri.
 
5 iyun kuni Kiyev rejimi, Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, beshta brigada kuchlaridan foydalangan holda yetti yo‘nalishda hujum uyushtirishga uringan.
 
Ukraina Qurolli kuchlari yana rus qo‘shinlari tomonidan to‘xtatilgan. Jarayonda 1600 dan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, 28 ta tank, jumladan, sakkizta Germaniya Leopardlari va uchta fransuz AMX-10 g‘ildirakli tanklari ishdan chiqqani aytilmoqda. Bundan tashqari, Sergey Shoygu 136 ta boshqa harbiy texnika, shu jumladan, 79 ta xorijiy texnika yo‘q qilinganini aytdi.
 
Afsuski, biz ham yo‘qotishlarsiz emasmiz. Hujumni qaytarish jarayonida jami 71 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 210 nafari yaralandi. 15 ta tank, to‘qqizta piyoda jangovar mashinasi, ikkita mashina va to‘qqizta qurol yo‘q qilindi”, — dedi u.
 
Ma’lumot uchun, Ukraina rasmiylari hali qarshi hujum boshlanganini tasdiqlamagan. Biroq tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyevda qarshi hujum uchun yetarlicha qurol borligini qayd etgan.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu Ukraina uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlaganini aytdi
ePN