12:12 / 07.06.2023
556

Rossiya Ukrainada Leopard tanklarini emas, kombaynlarni yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin (video)

Rossiya Ukrainada Leopard tanklarini emas, kombaynlarni yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin (video)
6 iyun kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya armiyasi uch kundan buyon frontning bir necha sektorlarida Ukraina Qurolli kuchlarining hujumini ushlab turganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqt ichida Ukrainaning yo‘qotishlari 3 715 nafar harbiy, 52 ta tank, 207 ta zirhli jangovar texnika, 134 ta texnika, 5 ta samolyot, ikkita vertolyot, 48 ta dala artilleriya quroli va 53 ta uchuvchisiz uchar apparatni tashkil etdi. 
 
Shoyguning alohida bayonotida 5 iyun kuni yettita yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi to‘xtatilgani, natijada 28 ta tank, jumladan, sakkizta nemis Leopardlari va uchta fransuz AMX-10 g‘ildirakli tanklari yo‘q qilingani ta’kidlangan. 6 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligi ham shunday mazmundagi hisobot e’lon qilgandi.
 
Shoygu o‘z bayonotini tasdiqlovchi hech narsa ko‘rsatmagan. Biroq tez orada Rossiya Mudofaa vazirligi ommaviy axborot vositalarida “xorijiy zirhli texnikalar, jumladan, Leopard tanklari yo‘q qilingani” tasvirlangan qisqa videoni tarqatdi.
Urush tarafdori bo‘lgan rossiyalik blogerlarning ko‘pchiligi vazirlik bergan videoda haqiqiy zirhli mashinalar ko‘rsatilganiga shubha qilishdi.
 
“Harbiy xabarchi” Telegram kanali mashinalarning oq-qora tasvirini tahlil qilgandan so‘ng, videoda aslida Amerikaning John Deere 9000 va 700 seriyali g‘alla o‘rish kombaynlari, shuningdek, Ukrainada juda ommalashgan John Deere 4830 traktor purkagichi ko‘rsatilganini xabar qildi.
Urushni targ‘ib qiluvchi “Ribar” Telegram kanali ham shunday xulosaga keldi.
 
“Agar kadrni kattalashtirsangiz, obyektning konturida qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘xshash narsani ko‘rasiz. G‘ildiraklar turtib chiqqan, 'zambarak' esa burg‘uga o‘xshaydi. Aytgancha, (zarba bergan) vertolyot ekipajining o‘zi ham muhokamada nishonni Leopard deb atamagan”, — deyiladi Telegram kanal postida.
“Leopardlar yo‘q qilingan” videoga “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ham fikr bildirdi.
 
“Bugun Rossiya Mudofaa vazirligi tankka qarshi boshqariladigan raketalarni uchiruvchi askarlarning mahoratli ishini e’lon qildi. Bu kadrlar 'Leopard' tanklarining bir-biriga qarab g‘alati taktik manyovrda qanday harakatlanishini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ushbu tanklar qishloq xo‘jaligi kombaynlariga o‘xshatib maskirovka qilingan. Ularning tumshug‘i pastga egilgan. Biroq bu bizning askarlarimizga dushman texnikalarini ko‘rishga xalal bergani yo‘q”, — dedi u.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainada Leopard tanklarini emas, kombaynlarni yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin (video)
ePN