14:13 / 10.06.2023
256

BBC va «Mediazona» Ukrainada 25 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini nomma-nom tasdiqladi

BBC va «Mediazona» Ukrainada 25 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini nomma-nom tasdiqladi
Foto: Serhii Nuzhnenko / Radio Liberty / Scanpix / LETA
BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari ko‘ngillilar yordamida Ukrainada 25 218 rossiyalik askar halok bo‘lganini ism-sharifi bilan, nomma-nom tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. Oxirgi ikki hafta ichida 1213 nafar halok bo‘lganlarning ismlari qayd etilgan.
 
BBC ta’kidlashicha, so‘nggi haftalarda qurbonlar sonining o‘sish sur’ati Rossiya hujumining faol bosqichi tugaganiga qaramay, nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
 
Jurnalistlarning taxmin qilishicha, haqiqiy qurbonlar soni kamida ikki baravar ko‘p, ya’ni 50 mingga yaqin odam. Ular «so‘nggi 15 oy davomida Rossiyaning 65 dan ortiq aholi punktlaridagi qabristonlardagi vaziyatni tizimli o‘rganib», shunday xulosaga kelishdi.
 
BBC va «Mediazona» ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat tufayli safdan chiqqanlar hisobga olinsa, tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlar 225 ming kishini tashkil qilishi mumkin - jurnalistlarning fikricha, har bir halok bo‘lganga o‘rtacha uch yarimga yaqin yarador to‘g‘ri keladi.
 
Bu hisob-kitoblarga o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalari «xalq militsiyalari» tarkibida Rossiya tomonida jang qilganlar kiritilmagan.
 
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi yo‘qotishlar haqida so‘nggi bor 2022 yil sentyabrida xabar bergan. O‘shanda idora 5937 rossiyalik harbiy halok bo‘lganini e’lon qilgandi.
 
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 10 iyun holatiga ko‘ra, 214 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BBC va «Mediazona» Ukrainada 25 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini nomma-nom tasdiqladi
ePN