19:47 / 11.06.2023
266

AQSH Xitoyning Kubada josuslik bazasi mavjudligini tasdiqladi

AQSH Xitoyning Kubada josuslik bazasi mavjudligini tasdiqladi
Foto: AFP
Xitoy Kubada kamida 2019 yildan beri josuslik bazasiga ega. U Pekinning butun dunyo bo‘ylab, birinchi navbatda, AQSHdan razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun yaratilgan. Bu haqda Bayden ma’muriyati rasmiysiga tayanib, New York Post xabar berdi.
 
Oq uyning ismi sir qolishini istagan vakilining aytishicha, AQSH razvedkasi Xitoyning Kubadan josuslik qilayotgani va butun dunyo bo‘ylab razvedka ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha kengroq sa’y-harakatlari haqida ma’lum vaqtdan beri biladi.
 
Bunga qandaydir tarzda qarshi turish uchun Amerika xizmatlari harakatlarini kuchaytirdi va “diplomatiya va boshqa harakatlar orqali ma’lum yutuqlarga erishdi”.
 
Xitoy josuslik bazasi mavjudligi Xitoy va Kuba orolda elektron tinglovchilar stansiyasini qurish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani haqidagi xabardan keyin tasdiqlandi.
 
Garchi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgandi.
 
AQSH razvedkasi Xitoyning Kubadan josuslik qilishi muntazam hodisa bo‘lgan va yangilik emasligini aniqladi”, — deydi ma’muriyat rasmiysi.
 
Uning qo‘shimcha qilishicha, Pekin so‘nggi paytlarda armiyasining ta’sirini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida logistika, baza va razvedka infratuzilmasini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
 
Shu maqsadda Kubada xitoyliklar 2019 yilda josuslik ishlarini modernizatsiya qilgan.
 
Kuba tomondan munosabat
 
Ayni paytda Kuba rasmiylari e’lon qilingan ma’lumotlarni inkor etmoqda. Kuba tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos Fernandes de Kossio Twitter'dagi sahifasida bunday ma’lumotlar tuhmat bo‘lib, hech qanday dalil yo‘qligini aytdi.
 
Ba’zi ommaviy axborot vositalari tomonidan minimal aloqa standartlariga rioya qilmasdan isbotlovchi ma’lumotlar yoki dalillar taqdim etmasdan, zarar yetkazish va ogohlantirish maqsadida tarqatilgan tuhmatli spekulyatsiyalar davom etmoqda”, — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Xitoyning Kubada josuslik bazasi mavjudligini tasdiqladi
ePN