date
views 628

Putin turar joylarga berilgan zarbalarga izoh berdi

Putin turar joylarga berilgan zarbalarga izoh berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik harbiylarning xatti-harakatlarini izohlar ekan, aholi punktlariga berilgan zarbalar harbiy nuqtai nazardan mantiqiy emasligini aytib o‘tdi.
 
Mantiq yo‘q. Nimaga, nega, nima keragi bor? Gumanitar obyektligi aniq bo‘lgan binolarga zarba berish — bu ajablanarli. Harbiy ma’no yo‘q, samara nolga teng”, — dedi Rossiya davlat rahbari.
 
Ukraina qurolli kuchlari Donetskdagi Respublika travmatologiya markazini “o‘qqa tutgani, natijada snaryad to‘g‘ridan to‘g‘ri operatsiya xonasiga uchib kirgani” haqidagi xabarlarga prezident shunday munosabat bildirdi.
 
Putin, shuningdek, mazkur hududlardagi gumanitar aksiyalarda ishtirok etayotgan barchani imkon qadar ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin turar joylarga berilgan zarbalarga izoh berdi