14:23 / 14.06.2023
192

Shifokorlar yuragi 16 marta to‘xtab qolgan bemorni qutqarib qolishdi

Shifokorlar yuragi 16 marta to‘xtab qolgan bemorni qutqarib qolishdi
Tataristonning Qozon shahrida shifokorlar yuragi 16 marta to‘xtab qolgan erkakni qutqarib qolishdi. Bemor yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgan. «Mir24» ushbu jarayon haqida ma’lumot berib o‘tdi.
 
Chistopol shahrida yashovchi 49 yoshli Gennadiy Maryasov qizini maktabdan olib ketayotganda o‘zini yomon his qilgan. Tuman ambulatoriyasida unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyin Gennadiy tez yordam mashinasida Respublika klinik shifoxonasiga yetkazilgan.
 
«Ko‘krak qafasidagi o‘tkir og‘riq paydo bo‘ldi. Qon bosimim tushib ketdi» — deydi bemor Gennadiy Maryasov.
 
Tez yordam bo‘limida Gennadiy hushini yo‘qotgan. U zudlik bilan reanimatsiyaga yotqizildi. Shifokorlar erkakning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholashgandi, deya eslaydi shifokor Rafael Valiahmetov.
 
Bemor hozirda o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokorlar yuragi 16 marta to‘xtab qolgan bemorni qutqarib qolishdi
ePN