21:51 / 14.06.2023
148

Quvayt salkam 400 mln dollarga Bayraktar dronlarini sotib oldi

Quvayt salkam 400 mln dollarga Bayraktar dronlarini sotib oldi
 
Foto: Anadolu
Quvayt Turkiya bilan Bayraktar TB2 zarba beruvchi dronlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Shartnoma summasi 367 million dollarni tashkil etadi.
 
Quvayt Mudofaa vazirligi Turkiya tomoni bilan Bayraktar TB2 dronlari kompleksini yetkazib berish bo‘yicha 367 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzdi”, — deyiladi xabarda.
 
Gap nechta dron haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. 2019 yil iyul oyida Bayraktar TB2 Quvaytda bir qator sinovlardan o‘tdi. Qurilma yuqori harorat, shamol va qum bo‘ronlari kabi murakkab iqlim sharoitida 23 soatdan ortiq to‘xtovsiz havoda qola oldi.
 
Quvayt ushbu dronlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan dunyodagi 28-davlat bo‘ldi.
 
O‘z navbatida, Turkiyaning Baykar kompaniyasi Bayraktar TB2'ni Quvaytga yetkazib berishni allaqachon yakunlaganini aytdi. Dronlarni yetkazib berish tenderida AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoy kompaniyalari ham ishtirok etgani, natijada Turkiya ustunlik qilgani aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quvayt salkam 400 mln dollarga Bayraktar dronlarini sotib oldi
ePN