01:30 / 15.06.2023
264

Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi
Foto: Smartprix
Amerikaning Apple korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Kantar tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari dunyoning eng qimmat TOP 100 brendlari reytingini e’lon qildi
 
Reytingga ko‘ra, Apple brendining umumiy kapitallashuvi 2023 yilda 7 foizga kamayib, 880 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiya qiymati 947 milliard dollardan 67 milliard dollarga kamaydi. Ammo Apple kapitallashuvi ko‘rsatkichlari pasaygan yagona kompaniya emas.
 
Dunyodagi yuzlab eng qimmat brendlarning umumiy qiymati yillik hisobda birdaniga 20 foizga, ya’ni 6,9 trillion dollargacha kamaygan.
 
Reytingda ikkinchi o‘rinni yana bir Amerika kompaniyasi — Google qo‘lga kiritdi. Yil davomida brend kapitallashuvi Apple'nikidan ham ko‘proq —30 foizga kamayib, 577,7 milliard dollarni tashkil qildi. Uchlikni Microsoft transmilliy kompaniyasi yopdi. Texnologik gigantning kapitallashuvi 18 foizga pasayib, 501,9 milliard dollarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi
ePN