09:57 / 16.06.2023
339

Erdog‘an: "Turkistonda yig‘ilib, Turkiy davlatlar tashkilotini yanada kuchaytiramiz..."

Erdog‘an: "Turkistonda yig‘ilib, Turkiy davlatlar tashkilotini yanada kuchaytiramiz..."
Yaqinda Turkiya prezidentligiga qayta saylangan Rajab Toyyib Erdog‘an rasmiy tashrif bilan Shimoliy Kipr va Ozarbayjonga bordi. Safar nihoyasida u mahalliy jurnalistlarning bir qator savollariga javob qaytardi. Turkiya rahbari, jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti kelajagi va Zengizur yo‘lining ahamiyati borasidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
 
Turk dunyosi ittifoqi Yevropa Ittifoqi kabi modelga aylana oladimi, degan savolga Erdog‘an, Turkiy davlatlari tashkilotini yanada rivojlantirish va kuchaytirish uchun ba’zi qadamlar tashlanishi lozimligini aytdi.
 
Yaqin kunlarda Qozog‘istonning Turkiston shahrida liderlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini va bu sammitda o‘zining ham ishtirok etish istagida ekanligini tilga olgan Erdog‘an:
 
"Turk davlatlari u yerda birlashsa, shu yoki shunga o‘xshash masalalarni muhokama qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bularni hal qilishning albatta foydalari bor. Demokratiya va Erkinliklar orolida Turk Davlatlari tashkiloti qadamini tashladik. Buni o‘zimiz rivojlantirishimiz kerak. Agar bu qadamni tashlab, u yerga vergul qo‘ysak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hozirdan boshlab Turkiy davlatlar tashkilotida o‘zgarishlar qilishimiz va tashkilotni yanada kuchayishiga erishishimiz kerak”, dedi.
 
Turkiya-Armaniston-Ozarbayjon munosabatlari va Zangezur yo‘lagi bosqichi haqida berilgan savolga prezident Erdog‘an Pashinyanning inauguratsiya marosimiga kelgani muhim qadam ekanligini aytdi. Anqaraga kelish uchun Pashinyanning o‘z mamlakatida ko‘plab to‘siqlar va muxolifat tushunchalarini yengib o‘tganini ta’kidladi:
 
"Inuaguratsiya marosimida Armaniston Bosh vaziri Nikolya Pashinyanning ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdik. Ozarbayjonning, jumladan Qorabog‘ning hududiy yaxlitligi muhim edi. Albatta, armanlar buni tan olishlari muhim voqea. Lekin siz aytganingizdek, Armanistonda Pashinyanga munosabat ham juda muhim. Zangezur yo‘lagiga kelsak, bu Armaniston bilan emas, balki Eron bilan bog‘liq muammo. Ya’ni aholisi asosan musulmonlardan iborat Eronning bu yerdagi xatti-harakatlari Ozarbayjonni ham, bizni ham qayg‘uga soladi. Agar eronliklar Zangezur yo‘lagiga o‘ng ko‘z bilan qarashsa, bugun Turkiya-Ozarbayjon-Eron ham avtomobil, ham temir yo‘l orqali bir-biri bilan integratsiyalashgan bo‘lardi va balki Pekin-London liniyasi ochilib qolar edi”, dedi u.
 
Shuningdek, Turkiya prezidenti jurnalistlarning Shvetsiyaning NATOga kirishi borasidagi savollariga ham javob berdi. Uning aytishicha, hozircha Anqara bunga rozi bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an: "Turkistonda yig‘ilib, Turkiy davlatlar tashkilotini yanada kuchaytiramiz..."
ePN