Foto: Anadolu Agency/Getty Images
G‘arq bo‘lgan «Titanik» kemasi tomon yo‘l olgan «Titan» suvosti kemasini qidirish zonasida qandaydir bo‘laklar topildi. Bu haqda AQSH Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xabar berdi. Hozircha bo‘laklarning qanday kemaga tegishli ekani ma’lum emas.
Sky News xabariga ko‘ra, bo‘laklarni Fransiyaning dengiz chuqurlik roboti Victor 6000 topgan. Hozirda mutaxassislar bo‘laklarni o‘rganmoqda.
«Titan» suv osti kemasi 19 iyun kuni Atlantika okeanida 3,8 kilometr chuqurlikda yotgan «Titanik» kemasi qoldiqlari tomon sho‘ng‘ishni boshlanganidan 1 soat 45 daqiqa o‘tib g‘oyib bo‘ldi. Suv osti kemasi bortida besh kishi, jumladan britaniyalik milliarder Hemish Harding bo‘lgan. Ular «Titanik» tomon sayohat qilish uchun 250 ming dollarga chipta sotib olgan.
Suv osti kemasini qidirishda AQSH va Kanada qirg‘oq xizmatlari, shuningdek, xususiy kemalar ishtirok etmoqda. NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, «Titan»dagi kislorod zaxirasi 96 soatga yetadi xolos. AQSH Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati hisob-kitobiga ko‘ra, kislorod zaxirasi 22 iyun kuni Sharqiy qirg‘oq vaqti bilan soat 7:10 da (Toshkent vaqti bilan 16:10) da tugashi mumkin.
Avvalroq, AQSH Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati okean tubidan qandaydir tovushlar chiqayotgani, bu suvosti kemasidagilarning signali bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Biroq, keyinchalik, bu okeanga xos tabiiy shovqin ekani aytildi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Diyetolog qanday qilib non iste’mol qilmasdan qisqa vaqtda ozish mumkinligini aytdi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari