13:43 / 23.06.2023
520

Shoygu Ukraina katta yo‘qotishlarga uchrab, faollikni susaytirganini ma’lum qildi

Shoygu Ukraina katta yo‘qotishlarga uchrab, faollikni susaytirganini ma’lum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) jangovar harakatlarning so‘nggi 16 kuni ichida sezilarli yo‘qotishlarga duch keldi, hozir dushman qo‘shinlarni qayta guruhlash bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
 
So‘nggi 16 kun ichida faol jangovar harakatlarni o‘tkazgandan keyin, sezilarli yo‘qotishlarga duchor bo‘lib, dushman faollikni pasaytirdi, hozir qayta guruhlash bilan shug‘ullanmoqda”, - dedi Shoygu Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda.
 
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4 iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu Ukraina katta yo‘qotishlarga uchrab, faollikni susaytirganini ma’lum qildi
ePN