10:41 / 25.06.2023
323

Peskov: Rossiyadagi isyon ko‘tarishga urinish maxsus operatsiyaga ta’sir qilmaydi

Peskov: Rossiyadagi isyon ko‘tarishga urinish maxsus operatsiyaga ta’sir qilmaydi
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga ta’sir qilmaydi, maxsus operatsiya davom ettiriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
 
Hecham. Maxsus harbiy amaliyot davom etmoqda, jangchilarimiz frontning oldingi chiziqlarida qahramonlik ko‘rsatishmoqda, ular Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumini g‘oyat samarali va muvaffaqiyatli qaytarishmoqda”, - dedi Peskov “Vagner” bilan bog‘liq vaziyat maxsus operatsiya olib borilishiga ta’sir qiladimi degan savolga javob berayotib.
 
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatiladi, u Belarusga ketadi. Peskov oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi. Bu maqsadlarga erishishda Belarus prezidentining sa’y-harakatlari alohida o‘rin tutgan. Aleksandr Lukashenkoning o‘zi Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazish tashabbusini bildirgan.
 
Rossiya prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, avval boshdan Prigojin “yurishida” ishtirok etishdan bosh tortgan “Vagner” jangchilari Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzadi. Voqealarda qatnashgan jangchilar ularning frontdagi xizmatlarini inobatga olib, ta’qib qilinmaydi.
 
Rossiyaning qator mintaqalarida joriy etilgan aksilterror rejimi tez orada bekor qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: Rossiyadagi isyon ko‘tarishga urinish maxsus operatsiyaga ta’sir qilmaydi
ePN