19:30 / 27.06.2023
690

Lukashenko “Vagner” Belarusga qanday foyda olib kelishini aytdi

Lukashenko “Vagner” Belarusga qanday foyda olib kelishini aytdi
Foto: Reuters
“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi qo‘mondonlari Belarusga ko‘chib o‘tish chog‘ida respublika harbiylari bilan o‘z tajribalarini baham ko‘rishi mumkin. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mudofaa vaziri Viktor Xrenin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
 
Ular oldingi safda hujum otryadlari bo‘lgan. Ular sizga qurollar haqida gapirib beradi: qaysi biri yaxshi ishlagan, qaysi biri esa ishlamagan. Taktika, qurollanish, qanday hujum qilish va himoyalanish kerakligi haqida tajribasi bilan bo‘lishadi. Bu bebaho. Vagnerchilardan shu ko‘nikmalarni olishimiz kerak”, — dedi Lukashenko va “Vagner” jangchilaridan qo‘rqadigan narsa yo‘qligini ta’kidladi.
 
26 iyun kuni kechqurun Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning “adolat marshi”da ishtirok etishdan bosh tortgan vagnerchilariga tanlov taklif qilgandi. Jumladan, Rossiyada Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash orqali xizmatni davom ettirish yoki xizmatni tark etib, qarindoshlari oldiga yoki Belarusga ketish.
 
Men bergan va’da bajariladi. Takror aytaman, tanlov sizniki, lekin bu fojiali xatosini tushungan rus askarlarining tanlovi bo‘lishiga ishonaman”, — degan Putin.
 
Prigojin isyoni
 
“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24 iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.
 
O‘sha kuni kechqurun, Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko “Vagner” Belarusga qanday foyda olib kelishini aytdi
ePN