00:25 / 28.06.2023
1 176

Rossiya birinchi marta Ukrainada «Oxotnik» dronidan foydalandi

Rossiya birinchi marta Ukrainada «Oxotnik» dronidan foydalandi

Foto: RIA Novosti

Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainadagi urush hududida birinchi marta beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotining yordamchisi bo‘lgan S-70 «Oxotnik» zarba beruvchi va razvedka qiluvchi uchuvchisiz uchish apparatidan foydalandi.

Bu haqda Ukrainadagi dronning tarmoqda paydo bo‘lgan suratlariga tayanib, turk matbuoti xabar tarqatdi. Jurnalistlarning fikricha, dronning silueti va o‘lchami uning «Oxotnik» ekanidan dalolat beradi. Qayd etilishicha, dron Ukraina Qurolli kuchlarining Sumi viloyatidagi obyektlariga zarba berish uchun ishlatilgan.

Dronning to‘liq xususiyatlari ma’lum emas

G‘arblik harbiy ekspert Petr Butovskiy so‘zlariga ko‘ra, «Oxotnik»ning og‘irligi 25 tonna, shundan 2,8 tonnasi qurollarni tashkil qiladi. Uzunligi 14 metr, qanotlari kengligi 19 metr. Past balandlikdagi tezligi 1,4 ming km/s, parvoz masofasi 5 ming km.

Radarlarni yo‘q qilish uchun «Oxotnik» tovushdan tez uchadigan X-58 raketasini (taxminan 260 kilometr parvoz masofasiga ega), dengiz nishonlariga qarshi esa past balandlikda uchuvchi X-35 raketasini tashishi mumkin. Shuningdek, «Oxotnik» modifikatsiyalangan, tovushdan tez uchuvchi to‘rtta X-74M2 raketasi va sakkizta KAB-250 boshqariladigan bombalar bilan qurollana oladi.

Dron qiruvchi samolyot bilan birgalikda ishlaydi

«Oxotnik» radarlar uchun deyarli «ko‘rinmas» hisoblanadi va beshinchi avlod qiruvchi samolyotiga ergashadi. 2-3 ta qiruvchi samolyotga ergashadigan 20-30 ta «Oxotnik» dushman infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

«Oxotnik» birinchi marta 2018 yil iyun oyida sinov parvozini amalga oshirdi. 2019 yil avgust oyida Su-57 qiruvchi samolyoti bilan birinchi qo‘shma parvozni bajardi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

2021 yil yanvar oyida dron sinov doirasida yerdagi nishonni muvaffaqiyatli bombardimon qildi. «Rostex» davlat korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi uchun «Oxotnik»lar 2023 yildan seriyali ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya birinchi marta Ukrainada «Oxotnik» dronidan foydalandi
ePN