Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, mamlakatning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev dunyoda yadro urushi ehtimoli kuchayib borayotganini aytdi.
Davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik «Karib dengizi inqirozi davridagidan» ancha yomonroq ekani, shuningdek, o‘tmishda atom qurolining qo‘llanilgani bunga yaqqol sabablardir, deydi u.
Bu haqda Medvedev «Rossiyskaya gazeta» uchun «To‘qnashuv davri» maqolasida yozgan, undan parchalarni o‘zining Telegram-kanalida keltirgan.
«Bizning raqiblarimiz haqiqatan ham eng yirik yadroviy davlat - Rossiyani mag‘lub etishga qaror qilishdi. Ular, shubhasiz, ahmoqlik qilishyapti, lekin vaziyat aynan shunday», — deya yozadi Medvedev.
U shuningdek, o‘tmishda, ya’ni 1945 yilda AQSH tomonidan Yaponiyada atom quroli ishlatilganiga urg‘u bergan.
Avvalroq OAV Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi Zaporoje atom elektr stansiyasini portlatish haqida buyruq bermoqchi ekani haqida yozgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!