08:51 / 04.07.2023
183

“Tolibon” yetakchisi barcha go‘zallik salonlarini yopishni buyurdi

“Tolibon” yetakchisi barcha go‘zallik salonlarini yopishni buyurdi

Foto: AFP

“Tolibon” harakati yetakchisi Afg‘onistonning 34 viloyatidagi barcha ayollar go‘zallik salonlarini yopish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.

“Tolibon” Afg‘oniston ustidan hukmronlik qilganidan beri eng ko‘p yo‘qotishga mamlakat ayollari uchragan. Sababi harakat yetakchisining ko‘p buyrug‘i ayollarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan.

2 iyul kuni e’lon qilingan ayollar go‘zallik salonlarini yopish to‘g‘risidagi navbatdagi buyruq ham buning yorqin misolidir.

“Kobul shahri va mamlakat viloyatlaridagi go‘zallik salonlariga bir oy muddat berilsin. Belgilangan muddatdan keyin ularning mehnat faoliyati taqiqlanadi va keyinchalik tuzilgan litsenziya hamda shartnomalar bekor qilinadi”, — deyilgan tegishli buyruqda.

Hirot viloyatidagi “Tolibon” rahbariyati go‘zallik salonlarida tartib o‘rnatib, ayollar bo‘yanishdan oldin tahorat olishi va salon ichida “100 foiz hijobga” rioya qilishi kerakligini aytgandi.

14 moddadan iborat ushbu qoidalar Hirot shahridagi go‘zallik salonlariga yuborilgan.

Namoz o‘qish, hijobga rioya qilish, salonlar atrofiga xavfsizlik kameralari o‘rnatish va obyekt atrofida erkaklarning bo‘lishini taqiqlash Hirotdagi “Tolibon” harakati qoidalariga kiradi.

Xuddi shunday cheklovlar Afg‘onistonning boshqa viloyatlarida ham joriy qilingan.

Hozirda Hirotdagi toliblar ma’muriyatining buyrug‘iga ko‘ra, restoranlarda ayol va erkak bo‘limlari ajratilgan va restoranlarda muharramsiz turmushga chiqmagan qizlarga xizmat ko‘rsatish huquqi yo‘qligi aytilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” yetakchisi barcha go‘zallik salonlarini yopishni buyurdi
ePN