21:18 / 04.07.2023
408

Eron prezidenti dollardan voz kechishga chaqirdi

Eron prezidenti dollardan voz kechishga chaqirdi

Foto: Wikimedia

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy AQSH dollaridan xalqaro valyuta sifatida voz kechishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ibrohim Raisiy Hindiston raisligidagi Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammitida bu haqda gapirdi. Raisiy G‘arbning gegemonligi AQSH valyutasining hukmronligiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

U yangi iqtisodiy tartib yaratish uchun jahon amaliyotidagi ushbu valyutani olib tashlash, davlatlar o‘rtasidagi savdoda milliy valyutalardan foydalanish kerakligini bildirdi.

4 iyul kuni Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi va tashkilotning to‘qqizinchi to‘liq a’zosiga aylandi.

  • Rossiya ham dollarni jahon valyutasi sifatida voz kechish haqida bir necha bor gapirgan. SHHT sammitida Vladimir Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tijorat operatsiyalarining 80 foizdan ortig‘i rubl va yuanda amalga oshirilayotganini aytdi.
  • Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) 2001 yil 15 iyunda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti dollardan voz kechishga chaqirdi
ePN