AQSH prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga hali erta ekanligini va uni Rossiya bilan mojaro tugamaguncha amalga oshirish mumkin emasligini aytdi.
“Menimcha, NATOda Ukrainani hozir, ayni urush avjida NATO oilasiga qabul qilish yoki qabul qilmaslik borasida yakdillik mavjud emas”, — dedi Bayden telekanalga bergan intervyusida.
U Ukrainaning mojaro tugamasdan turib alyansga kirishini “NATOning barcha a’zosi Rossiya bilan urush holatida” bo‘lib qolishi bilan izohladi.
Baydenning tushuntirishicha, Qo‘shma Shtatlar “NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga tayyor”.
NATO ta’sis shartnomasining 5-moddasiga ko‘ra, bir a’zoga qilingan hujum barcha 30 ta a’zo davlatga qilingan hujumga teng.
Jo Bayden, shuningdek, AQSH va uning Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilari Kiyevni zarur qurollar bilan ta’minlashda davom etishini tasdiqladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!