19:30 / 09.07.2023
977

Baydenning Ukraina bo‘yicha qarori AQSH Kongressida vahima uyg‘otdi

Baydenning Ukraina bo‘yicha qarori AQSH Kongressida vahima uyg‘otdi

Ukraina Qurolli Kuchlarini kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlash AQSH uchun yomon yakunlanadi, deb yozdi AQSH Kongress vakili Marjori Teylor Grin Twitter'da.

 "Ukrainaga xavfli kassetali o‘q-dorilarning jo‘natilishi AQSH tomonidan urushni kuchaytirilib, oxir-oqibat bizni yadro quroliga ega Rossiya bilan istalmagan urushga jalb qilish orqali Amerika xalqi va milliy xavfsizlik manfaatlarimizga xavf tug‘dirishi mumkin", - deyilgan xabarda.

Uning fikricha, AQSHning roli bu mojaroga barham berish va tinchlik muzokaralari olib borishdan iborat bo‘lishi kerak.
"Amerika xalqi va AQSH milliy xavfsizlik manfaatlari Ukrainada xavf ostida emas", - dedi Grin.

Portlash paytida kassetali bombalar kichikroq o‘q-dorilarni - bir necha o‘ndan 600 yoki undan ko‘p sochadi. Ulardan ba’zilari texnik sabablarga ko‘ra portlamay qoladi. Bu tinch aholiga tahdid soladi: portlamagan o‘q-dorilar oxir-oqibat minalarga aylanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenning Ukraina bo‘yicha qarori AQSH Kongressida vahima uyg‘otdi
ePN