00:19 / 10.07.2023
652

Putin Gerasimovni Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan chetlatdi

Foto: “TASS”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin general Valeriy Gerasimovni Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan chetlatdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan tartibsizlikdan so‘ng hokimiyatning eng yuqori pog‘onasida tozalash ishlari davom etmoqda. Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Mariupol mudofaa qo‘mondonlarini Turkiyadan olib kelganidan g‘azablangach, shunday qilgani aytilmoqda.

Nashr rossiyalik targ‘ibotchilarning Gerasimovning Ukrainadagi qo‘mondonlikdan chetlatilgani haqidagi xabarlariga tayanadi.

Rossiya mediasiga ko‘ra, 67 yoshli general lavozimga tayinlanganidan keyin olti oy o‘tmay ishdan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga general-polkovnik Mixail Teplinskiy tayinlangan.

Gerasimov Bosh shtab boshlig‘i sifatida Rossiya Qurolli kuchlariga mas’ul bo‘lib qoladi, ammo urush uchun umumiy javobgarlik endi Rossiya Havo-desant kuchlari qo‘mondoni 54 yoshli Teplinskiy zimmasiga tushadi. Gerasimovning hozir “harbiy operatsiya”ga aloqasi yo‘qligi aytilmoqda.

“Rossiya despoti o‘zining noto‘g‘ri o‘ylangan urushi davomida bir qancha rahbarlarni, jumladan, ‘Mariupol qassobi’ sifatida tanilgan general-polkovnik Mixail Mizintsevni hamda shu yil boshida Ugledardagi qirg‘in ortida turgan general Rustam Murodovni ishdan bo‘shatgan”, — deyiladi xabarda.

Gerasimovning chetlatilishi G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini kuchaytirishi kutilayotgan Litvaning Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti va AQSH prezidenti Jo Baydenning Kiyevga kassetali bomba yetkazib berishga ruxsat berish haqidagi qarori foniga to‘g‘ri keldi.

“Prigojin isyonidan so‘ng Gerasimov omma oldida ko‘rinmadi, chunki Putin urushdagi muvaffaqiyatsizliklar uchun aybni boshqa birovga yuklamoqchi”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, Gerasimovning o‘rinbosari, 56 yoshli general Sergey Surovikin ham “yo‘qolib qolgan”, mish-mishlarga ko‘ra, u “tashqi dunyo bilan aloqada bo‘lmagan” va “Prigojinni jimgina qo‘llab-quvvatlagani” uchun so‘roq qilinmoqda.

Qolaversa, isyon kuni Prigojin bilan uchrashgan Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov ham g‘oyib bo‘lgani haqida mish-mishlar bor.

Qayd etilishicha, “Azovstal” qo‘mondonlari Turkiyadan qaytib kelganidan “g‘azablangan” Putin Gerasimovni lavozimidan chetlatgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Gerasimovni Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan chetlatdi
ePN