16:41 / 11.07.2023
351

Putin Qodirovning 26 yoshli jiyaniga orden berdi

Putin Qodirovning 26 yoshli jiyaniga orden berdi

Hamzat Qodirov
Foto: Arxiv/ “Chechen.er.ru”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 26 yoshli jiyani Hamzat Qodirovni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” II darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Rossiya prezidentining 10 iyuldagi farmonida aytilgan.

Qodirovning jiyani “faoliyatidagi muvaffaqiyatlar va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun” mukofotlangan.

2023 yil aprelida Ramzan Qodirov jiyanini o‘zining kuch bloki bo‘yicha maslahatchi yordamchisi etib tayinlagan edi. Undan bir oz oldin Hamzat mulk va yer munosabatlari vaziri, respublika bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Hamzat — Ramzan Qodirovning marhum akasi Zelimxon Qodirovning o‘g‘li.

Iyun oyi o‘rtalarida Ramzan Qodirovning 20 yoshli qizi Xutmat bobosi Axmat Qodirov sharafiga ta’sis etilgan respublikaning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlandi.

Xutmat Qodirova 2023 yil martida Checheniston sog‘liqni saqlash kuratori etib tayinlangan edi. Shuningdek, u respublika rahbari kotibiyati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ham ishlaydi.

2021 yil oktyabr oyida Qodirovning boshqa qizi Oishat Checheniston madaniyat vaziri bo‘lgandi. O‘sha paytda u 22 yoshda edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Qodirovning 26 yoshli jiyaniga orden berdi
ePN