Livanda to‘rt nafar terrorchi cherkov oldida o‘zlarini portlatib yuborishdi

Natijada 15 kishi yaralangan
Livanning Suriya chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan Al-Kaa qishlog‘idagi cherkov oldida to‘rt nafar terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Bu paytda cherkovda bir kun oldin sodir bo‘lgan terakt tufayli halok bo‘lganlar haqqiga ibodat o‘tkazilayotgan bo‘lgan.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.
Halok bo‘lganlar yo‘q, biroq 15 nafar inson turli darajada jarohat olgan.
Bir kun avval sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida 5 kishi olamdan ko‘z yumgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing