12:55 / 14.07.2023
551

Rossiyaning Voronej va Kursk viloyatlariga dronlar hujum qildi (video)

Rossiyaning Voronej va Kursk viloyatlariga dronlar hujum qildi (video)

13 iyul kuni kechqurun Voronejga yaqinlashayotgan uchta dron urib tushirildi, deb xabar bermoqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev.

“Qurbonlar, jarohatlanganlar va vayronalar yo‘q. Vaziyatni shaxsan nazorat qilyapman”, — deb yozgan Gusev boshqa tafsilotlarni keltirmagan holda.

Avvalroq OAV Voronejda Maslovskiy sovxozi yaqinida sodir bo‘lgan portlash videolarini e’lon qilib, bu urib tushirilgan dron qoldiqlari ekanini taxmin qilgandi.

SHOT ma’lumotlariga ko‘ra, dronlarning ehtimoliy nishoni Baltimor harbiy aerodromi bo‘lgan. Urib tushirilgan dronlarning turi haqida hozircha xabar berilmagan.

Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit ham dron hujumi haqida ma’lum qildi.

“Kurchatov shahrida tunda uchuvchisiz uchoq quladi”, — deb yozadi u Telegram'da. “Dronning qulashi va keyinchalik portlash oqibatida muhim ahamiyatga ega obyektlarga zarar yetmadi”.

Starovoit dron parchalari ko‘p qavatli turar joy binosining “fasadi va derazalariga teggan”ini aytdi.

Mash nashrining yozishicha, Kurchatovdagi dron qo‘lbola bo‘lib, daraxtga qulagan. Oldin bunday dronlar Ukraina Qurolli kuchlarida kuzatilmagan, deb ta’kidlaydi nashr.

Ma’lumot uchun Kurchatov shahri Kursk atom elektr stansiyasi yaqinida joylashgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Voronej va Kursk viloyatlariga dronlar hujum qildi (video)
ePN