Ukraina Voronejdagi harbiy zavodga zarba berganini tasdiqladi

Voronejdagi “Sborka” zavodiga raketa zarbasi berilgani ma’lum qilindi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi obyektga yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar bilan hujum qilinganini tasdiqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur zavod “Iskander” va “Kalibr” raketalari, radiolokatsiya stansiyalari hamda S-400 havo mudofaa tizimlari uchun tranzistor, diod va mikrosxemalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev zavodning ishlab chiqarish obyekti zarar ko‘rganini va 3 kishi jarohatlanganini bildirdi.
Ukraina tomoni ushbu obyekt Rossiya harbiy-sanoat majmuasining muhim qismi ekanini ta’kidlamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…