17:33 / 15.07.2023
375

Braziliyada dunyodagi eng qimmat sigir 4,3 mln dollarga sotildi (video)

Braziliyada dunyodagi eng qimmat sigir 4,3 mln dollarga sotildi (video)

Foto: Getty Images

Braziliyadagi kimoshdi savdosida yirik oq sigir tarixdagi eng yuqori narxga sotildi. Savdolashish bir necha bosqichda o‘tkazildi, sigirga egalik huquqining yarmi 2022 yilda taxminan 800 000 dollarga sotilgan va o‘sha paytda rekord o‘rnatgan edi. Joriy yilning iyun oyi oxirida mulk huquqining yana uchdan bir qismi 1,44 million dollar ekvivalentiga sotildi, shu tariqa jonivorning umumiy qiymati 4,3 million dollarni tashkil etdi, deb yozmoqda Newsweek.

Bu narx rasman uni dunyodagi eng qimmat sigirga aylantiradi. Sigir Nellore zotiga mansub, bu zot marmarga o‘xshash go‘sht berishi bilan mashhur. Nellore sigirlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega, masalan, ularning yungi yorqin oq, yelkalarida bo‘rtiq bo‘ladi.

Oklaxoma shtati universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, ular yumshoq va osilgan terisi tufayli tabiiy ravishda yuqori haroratga bardosh beradi. Ularda Yevropa zotlariga qaraganda ikki baravar ko‘p ter bezlari mavjud. Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Nellore tumanidan tarqalgan bu zot, birinchi navbatda, chidamliligi va sifati past ozuqa bilan ham o‘sish qobiliyati tufayli Braziliyadagi eng muhim zotlardan biriga aylangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada dunyodagi eng qimmat sigir 4,3 mln dollarga sotildi (video)
ePN