date
views 668

Putin Ukrainada kechayotgan urushga baho berdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi “harbiy operatsiya” jarayoniga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qarshi hujumda Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga urinishda “muvaffaqiyatga erishmadi”.

“Qarshi tomonning mudofaani yorib o‘tishga urinishda, jumladan, strategik zaxiralardan foydalanish vazifasida — ular hujum davomida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ukraina muvaffaqiyat qozonmadi”, — dedi u.

Rossiya rahbari “maxsus harbiy operatsiya”ning qanday kechayotganini ijobiy baholashini aytdi.

“Qo‘shinlarimiz o‘zini qahramonona tutmoqda. Ular Ukraina qo‘shinlariga kutilmagan tarzda hujumga o‘tadi, eng manfaatli pozitsiyalarni egallaydi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Jurnalist Putindan “maxsus harbiy operatsiya”ning keyingi vazifalari nimadan iboratligini so‘radi.

“Kameralar o‘chirilganda buni alohida aytib beraman”, — deb javob berdi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainada kechayotgan urushga baho berdi