23:29 / 22.07.2023
212

Ukraina dunyodagi eng ko‘p minalashtirilgan davlat sifatida tan olindi

Ukraina dunyodagi eng ko‘p minalashtirilgan davlat sifatida tan olindi

Foto: Wojciech Grzedzinski / The Washington Post

Ukraina dunyodagi eng ko‘p minalashtirilgan davlatga aylandi, deb yozdi The Washington Post. Urushning bu oqibatlarini bartaraf etish uchun yuzlab yillar va milliardlab dollar kerak bo‘lishi mumkin.

Slovakiyada joylashgan GLOBSEC tahlil markazi hisobotiga ko‘ra, Ukraina hududining taxminan 30 foizi ko‘p mehnat talab qiladigan, qimmat va xavfli minalardan tozalash ishlariga muhtoj. Garchi davom etayotgan janglar aniq tadqiqotlar olib borishni imkonsiz qilsa-da, Ukrainaning o‘q-dorilar bilan ifloslanishi ko‘lami Afg‘oniston va Suriya kabi minalashtirilgan boshqa mamlakatlarnikidan oshib ketadi.

Minalarni tozalash bo‘yicha HALO Trust xalqaro notijorat tashkiloti ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, Ukrainada minadan tozalashni talab qiluvchi 2300 dan ortiq hodisani aniqlagan.

Rossiya bosqini boshlangan 2022 yil fevral oyidan boshlab, BMT snaryadlar va minalardan halok bo‘lgan 298 nafar tinch aholining o‘limini qayd etdi, ulardan 22 nafari bolalar. Shuningdek, 632 nafar odam jarohatlandi.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina dunyodagi eng ko‘p minalashtirilgan davlat sifatida tan olindi
ePN