Foto: Telegram
Ukraina razvedkasi Moskvaga uyushtirilgan dronlar hujumiga munosabat bildirib, Rossiyani yangi “ko‘ngilsizliklar”dan ogohlantirdi. Bu haqda razvedka bosh boshqarmasi vakili Andrey Yusov xabar berdi.
Yusovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi Rossiya xavfsizlik va mudofaa sektorining muhim muassasalariga doimiy dron hujumlari bunday obyektlar va ularning havo hududi Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimi tomonidan nazorat qilinmasligidan dalolat beradi.
Shuningdek, u Ukraina razvedkasi vaqtincha bosib olingan hududlarning turli qismlarida bir vaqtning o‘zida juda ko‘p “dron hujumlarini” kuzatayotganini ta’kidladi.
Moskvaga dronlar hujumi
24 iyul tunda ikki dron Moskvaga hujum qildi. Bitta dron “Lerua Merlin” do‘koni joylashgan biznes markaziga borib urilgan, ikkinchisi esa Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yaqiniga borib tushgan. Rossiya Mudofaa vazirligi dronlar radioelektron kurash vositalari yordamida bostirilganini bildirdi. Moskva hujumda Ukraina tomonini aybladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!